Saudiya Arabistoni O`zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini soddalashtirish imkoniyatini ko`rib chiqmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston elchisi Nodirjon Turg`unov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining konsullik masalalari bo`yicha o`rinbosari Ali al-Yusuf bilan uchrashuv o`tkazdi. Tomonlar ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida konsullik-huquqiy masalalar bo`yicha maslahatlashuvlar o`tkazish muddatlarini, shuningdek, O`zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinishi prezidentning 2023 yil 16 avgustdagi farmonida belgilangandi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab O`zbekiston hududiga kirgan kundan e`tiboran 30 kunga o`z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilingan.
“Saudiya fuqarolari O`zbekistonga 30 kunga vizasiz kirishlari mumkinligi bizni juda quvontirdi. Bu o`z o`rnida sayyohlar oqimini oshishiga, o`zaro savdo hajmining ortishiga turtki bo`lmoqda”, — degan Saudiya Arabistoni TIV rahbari o`rinbosari.






