Toshkent viloyati Chirchiq shahrida eshkak eshish bazasi quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, Chirchiq shahar, "Nur" mahallasida joylashgan Chirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tasarrufidagi qayiqlar suzish stansiyasining bo`sh turgan er maydoni davlat zaxira er maydonlari tarkibiga qaytarildi. Mazkur manzilda eshkak eshish bazasi qurilishi belgilandi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzaev tegishli qarorni imzoladi. Eshkak eshish bazasini qurish uchun 0,1123 gektar er maydoni O`zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.






