AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda IIB katta tezkor xodimi 400 dollar pora bilan ushlandi

'Qashqadaryoda IIB katta tezkor xodimi 400 dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIB jinoyat qidiruv bo`linmasi katta tezkor xodimi pora bilan ushlandi. Bu haqida DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIB jinoyat qidiruv bo`linmasi katta tezkor xodimi xizmat mavqeidan foydalanib, o`zining ish yurituvida bo`lgan tergovga qadar tekshiruv materiali yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan Jinoyat prosessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish evaziga, tamagirlik yo`li bilan undan 1500 AQSh dollari miqdorida pora talab qiladi va avvalroq ushbu pul mablag`i hisobidan 400 AQSh dollari oladi.

U talab qilingan puldan yana 400 AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

 

    Boshqa yangiliklar