AsosiyDunyo

Moskvadagi xostelda yuz bergan yong`inda o`zbekistonliklar halok bo`ldi

'Moskvadagi xostelda yuz bergan yong`inda o`zbekistonliklar halok bo`ldi'ning rasmi

Shu yilning 23 mayga o`tar kechasi Moskva viloyati, Istra shahri, Padikovo qishlog`idagi yotoqxonada yong`in sodir bo`lib, unda O`zbekiston fuqarolari halok bo`ldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

O`zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo`limining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, yonib ketgan xostelda 20 ga yaqin xorijlik yashagan, ulardan 11 nafari O`zbekiston fuqarolari bo`lgan.

Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo`lgan. Ayni paytda ularning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda. Qurbonlar orasida o`zbekistonliklar ham bor. Halok bo`lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida jasadlar Istra shahar sud-tibbiyot ekspertizasi byurosiga yuborilgan.

Qayd etilishicha, vaziyat elchixonaning konsullik bo`limi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi nazoratiga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar