Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Navoiy viloyatida maktab o`quvchilar dars vaqtida cho`milishga borib, ulardan biri kaltaklangani va suvga otib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, Karmana tumanidagi 30-maktabning 6-sinf o`quvchilari cho`milishga borishgan.
Cho`milish vaqtida o`quvchilardan biri suvda oqib ketib, vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






