AsosiyJamiyat

Yangi qurilayotgan turar joyda ishchini tuproq bosib qoldi

'Yangi qurilayotgan turar joyda ishchini tuproq bosib qoldi'ning rasmi

24 may kuni Toshkent shahrida ishchini qum bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi  xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, soat 17:05 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yakkasaroy tumani «Dilbuloq» MFY hududida bir nafar fuqaroni yangi qurilayotgan turar joy majmuasi chuqurida payvandlash ishlarini olib borayotgan vaqtida tuproq bosib qolgani to`g`risida murojaat kelib tushgan.

Aytilgan manzilga qutqaruvchilar etib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko`rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan.

Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar