Tarmoqlarda Jizzax viloyatida 3 nafar maktab bitiruvchisi avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma`lumot berib, YTH ishtirokchilari o`quvchilar bo`lmaganini bildirdi.
Aniqlanishicha, 25 may kuni soat 9:15 da Sharof Rashidov tumanining Yoyilma mahallasi hududidan o`tgan Toshkent — Termiz M-39 yo`lida Xatirchi tumanida yashovchi S.A. boshqaruvidagi Lacetti avtobus bilan to`qnashib ketgan.
Oqibatda Lacetti haydovchisi hamda 2004 yilda tug`ilgan yo`lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Lacetti ichida bo`lgan yana bir yo`lovchi — 2003 yilda tug`ilgan shaxs voqea joyida vafot etgan.
Navoiylik fuqarolar maktab o`quvchilari emas, ular Arnasoy tumaniga to`yga kelishayotgan bo`lgan, deyiladi xabarda.






