O`zbekistonda 4 oyda 63,9 mingta nikoh holatlari qayd etilgani ma`lum qildi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Statistika agentligi dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonda 2024 yilning yanvar-aprel oylarida FHDYo organlarida 63,9 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.
Jami nikohlarning qayd etilgan hududi bo`yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- shahar joylarda – 31,6 ming;
- qishloq joylarda – 32,3 ming.






