AsosiyJamiyat

Magistratura va doktoranturaga ayrim yo`nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirildi

'Magistratura va doktoranturaga ayrim yo`nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirildi'ning rasmi

“Oliy ta`lim tashkilotlariga o`qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi prezident farmoni qabul qilingani to`g`risida xabar berilgandi. Hujjat bilan magistratura va doktoranturaga ayrim yo`nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirildi. 

Prezidentining farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy ta`limdan keyingi ta`lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:

  • xorijiy tillar yo`nalishlari bo`yicha – kamida C1 darajasida;
  • gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko`rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikasiya texnologiyalari ta`lim sohalari bo`yicha – kamida B2 darajasida;
  • boshqa ta`lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo`yicha – kamida B1 darajasida.

    Boshqa yangiliklar