AsosiyJamiyat

O`zbekistonda hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'O`zbekistonda hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

Gidromkteorologiya xizmati agentligi O`zbekistonda hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 28 mayda ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 27 mayda 9-14 daraja, 28—29 mayda 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27 mayda 8-13 daraja, 28—29 mayda 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 27 mayda 8-13 daraja, 28—29 mayda 11-16 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 28—29 mayda ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 28 mayda ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 mayda 8-13 daraja, 28—29 mayda 11-16 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 27 mayda 3-8 daraja, 28—29 mayda 6-11 daraja, kunduzi 14-19 darajagacha bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar