Toshkent viloyatida ichida 22 yoshli haydovchi va ikki yo`lovchi bo`lgan Gentra qisqa tutashuv sabab to`liq yonib ketdi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasining yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, voqea joyida bo`lganlar avtomobildan tushib qolgan, ularning sog`lig`iga zarar etmagan.
Aniqlanishicha, 27 may kuni kunduzi Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumani hududidan o`tgan 4R12 Bektemir-Chorbog` avtomobil yo`lida Gentra mashinasi yonib ketdi. Mashinani 2002 yilda tug`ilgan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro boshqarib kelgan. Avtotransportda qisqa tutashuv chiqib, (avtomobilning yoqilg`i turi benzin) yong`in yuzaga kelgan. Ushbu holatda haydovchi va ikki nafar yo`lovchilar avtomobildan tushib qolgan.
Ushbu yong`in oqibatida harakat ishtirokchilarining sog`lig`iga ziyon etmagan. Avtoulov to`liq yonib ketgan.






