AsosiyDunyo
2051

Afg`onistonda narkotik ishlab chiqarish qisqardi?

'Afg`onistonda narkotik ishlab chiqarish qisqardi?'ning rasmi

“Tolibon”ning Afg`onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarish qisqargani va to`xtagani haqidagi da`volari haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Bu haqida Eronning narkotiklarga qarshi kurashish polisiyasi rahbari Iraj Kakavand ma`lum qildi, deya xabar bermoqda zamon.uz. 

Eron rasmiysiga ko`ra, mamlakatda 2023 yil va 2024 yilning dastlabki to`rt oyida 662 tonnadan ortiq narkotik moddalar topilgan. Kakavand ushbu statistik ma`lumotlarga asoslanib, “Tolibon” da`volari haqiqatga to`g`ri kelmasligini aytdi.

“Eron Afg`onistondan narkotik moddalar kontrabandasi va tranziti sezilarli darajada qisqarganiga hali guvoh bo`lmadi”, — deya ta`kidladi u.

Eron rasmiysi Moskvada bo`lib o`tgan BRIKSning narkotiklarga qarshi kurash bo`yicha maxsus guruhi yig`ilishida shunday bayonot bergan. U Eronning BRIKSga a`zo davlatlar bilan turli sohalarda, jumladan, narkotiklarga qarshi kurashda axborot va tajriba almashishda hamkorlik qilishga tayyorligini aytgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar