AsosiyJamiyat

Benzin uchun to`lanadigan kompensasiya miqdori yana oshirildi

'Benzin uchun to`lanadigan kompensasiya miqdori yana oshirildi'ning rasmi

Hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyaning 2024 yil 15 maydagi qarori bilan ushbu turdagi kompensasiyaning yangi miqdori belgilandi.

Unga ko`ra, benzin uchun kompensasiya miqdori 2024 yil II chorakdan boshlab 128 700 so`mni tashkil qiladi.

Ma`lumot uchun qayd etish joizki, benzin uchun kompensasiya miqdori 2023 yil II-choragida 55 foizga oshirilib 116 180 so`mni tashkil qilgan edi, III-choragida esa ushbu miqdor 119 640 so`mga, IV chorakdan boshlab 120 660 so`mga, 2024 yil I-choragida 124 780 so`mga oshirilgan.

Benzin uchun kompensasiya to`lovlari "O`zbekneftgaz" AJ tomonidan moliyalashtiriladi.

Qonunchilikka muvofiq, bir qator shaxslarga avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi oylik pul kompensasiyasi sifatida to`lanadi. 

Eslatib o`tamiz, kompensasiya olish huquqiga ega bo`lgan shaxslar yashash joyi bo`yicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qiladi.
 

    Boshqa yangiliklar