KXDR Davlat aerokosmik muhandislik boshqarmasi bayonotida qayd etishicha, “Malligyon-1-1” ayg`oqchi sun`iy yo`ldoshini olib ketayotgan raketa uchirilganidan ko`p o`tmay parvozning birinchi bosqichida havoda portlagan. Halokatga raketa dvigatelining nosozligi sabab bo`lgan. Bu haqida zamon.uz xabar bermoqda.
Ushbu sun`iy yo`ldoshni uchirishga urinishdan bir necha daqiqa o`tgach, Janubiy Koreya harbiylari uning qoldiqlari KXDRning g`arbiy sohillari yaqiniga qulab tushganini qayd etdi.
Shimoliy Koreya 2023 yil sentyabrida o`zini “yadroviy davlat” deb e`lon qilgan va so`nggi oylarda yadroviy qurol olib yurishga qodir ballistik raketalarni faol sinovdan o`tkazmoqda.






