AsosiyDunyo

АQShda F-35 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi (video)

'АQShda F-35 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi (video)'ning rasmi

AQSh Turkiyaga bermagan F-35 jangovar samolyotlari avariyalar bilan kun tartibiga chiqishda davom etmoqda. AQSh armiyasining F-35 qiruvchi samolyoti Albukerke xalqaro aeroportida parvoz paytida halokatga uchradi. Bu haqda "Türkiye Gazetesi" xabar berdi. 

Samolyot qulagandan keyin yonib ketgan lahzalar tasvirga olinayotgan vaqtda, uchuvchi ejektor o`rindig`idan foydalanib, samolyotni tark etgani ma`lum qilingan.

Rasmiylarning aytishicha, uchuvchi jiddiy jarohat olgan. U hushida ekanligi ammo og`ir jarohatlar bilan yaqin atrofdagi shifoxonaga etkazilgani ma`lum qilindi.  

Avariya F-35 samolyotlarining birinchi va oxirgi halokati emas... 2022 yil 15 dekabrda Texasdagi Fort-Uort harbiy-dengiz havo stansiyasi qo`shma zaxira bazasiga vertikal qo`nish vaqtida halokatga uchragan. 

 F-35 samolyoti 2023 yil 17 sentyabrda Janubiy Karolinada dalaga qulab tushdi. Erga tushishdan oldin yana 60 milya parvoz qilgan F-35 samolyoti qoldiqlari uzoq vaqt qidirilgan.

    Boshqa yangiliklar