AsosiyJamiyat

Namangandagi qamoqxonada mahbus o`z joniga qasd qildi

'Namangandagi qamoqxonada mahbus o`z joniga qasd qildi'ning rasmi

Namanganda jazo muddatini o`tayotgan mahkum qamoqxonada o`z joniga qasd qildi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ma`lum qildi.

Joriy yilning 23 may kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 6-sonli qamoqxonada 24 yoshli mahkum o`z joniga qasd qilgan.  

"Marhumning onasi o`g`lining tanasida qiynoq izlari borligi, u 11 may kuni uyiga qo`ng`iroq qilib, qamoqxonada unga azob berishayotgani haqida aytganini ta`kidladi. Qolgan oila a`zolari ham marhumning o`z joniga qasd qilishiga ishonmayapti",– deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar