AsosiyDunyo

Tramp sud xarajatlarini qoplash uchun samolyotini sotdi

'Tramp sud xarajatlarini qoplash uchun samolyotini sotdi'ning rasmi

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp sud xarajatlarini qoplash uchun o`zining Cessna Citation X samolyotini sotib yubordi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. 

Sobiq prezident samolyotidan 2016 yilda saylovoldi kampaniyasida foydalangan. Samolyotni kelib chiqishi eronlik qurilish magnati hamda Trampning homiysi Mirdod Muayidiy xarid qilgan.

Tramp bir nechta ish bo`yicha figurant hisoblanadi, ular bo`yicha bu yil sud chiqargan qarorga ko`ra, sobiq prezident salkam yarim milliard dollar jarima to`lashi kerak.

    Boshqa yangiliklar