Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryoda Captiva haydovchisi mashinada stadionga kirib, u erdagi odamlar ustiga haydamoqchi bo`lgani va bir kishini urib ketgani aks etgan video tarqaldi.
Sirdaryo viloyati IIB xabariga ko`ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277 - moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda haydovchi qamoqqa olinib, mashina jarima maydoniga joylashtirilgan.






