Bugun, 30 may kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hududidan o`tuvchi M-39 " Almata-Beshkek-Toshkent-Shahrisab-Termiz" avtomobil yo`lining 1135-1146-kilometridagi Taxtaqoracha dovonida Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan maxsus-taktik o`quv mashqi o`tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat FVB xabar qildi.
O`quv mashqi rejasiga ko`ra, ushbu avtomobil yo`lida fuqarolar va trasport vositalarining xavfsiz harakatlanishlarini ta`minlash maqsadida, yo`l atrofidagi ko`chki va tosh qulashi xavfi mavjud bo`lgan hududlarda tegishli muhandislik-texnik tadbirlar amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan, mazkur avtomobil yo`lida fuqarolar va transport vositalarini harakatlanishi qisqa muddatli cheklanadi (2 va 3 marotaba, unda 30 yoki 40 daqidadan oshmagan holda) va yo`l yopiladi.






