AsosiyJamiyat

Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori 2 % etib belgilandi

'Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori 2 % etib belgilandi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o`zgartirish kiritish to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu haqda Soliq qo`mitasi xabar qildi.

Unga ko`ra:

Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o`lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integrasiya qilinishini ta`minlash bo`yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikasiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish:

- realizasiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo`lishi belgilandi.

Ilgari realizasiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab bo`lgan.

Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo`lsa:

- realizasiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo`lishi belgilandi.

Ilgari bu qoida mavjud emas edi.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.


 

 

    Boshqa yangiliklar