AsosiyJamiyat

Sergelidagi ayrim yo`llarning qatnov qismi 1 oyga yopiladi

'Sergelidagi ayrim yo`llarning qatnov qismi 1 oyga yopiladi'ning rasmi

Sergeli tumanidagi ko`chalardan birida qariyb 1 oy davomida quvur almashtirish ishlari olib boriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, 30 mayga o`tar kechasi 510 metr eskirgan issiqlik quvurini almashtirish ishlari boshlangan. Shu munosabat bilan Sergeli tumanidagi ayrim yo`llarning qatnov qismi yopiladi. Yo`l harakati cheklovi "Obihayot" ko`chasi bo`ylab Sergeli yarmarkasi chorrahasidan "Havas" supermarketigacha bo`ladi. Ish hajmi katta bo`lgani sababli quvur almashtirish ishlari uchun taxminan 1 oy vaqt ketadi.

Haydovchilardan ushbu davrda aylanma yo`llardan foydalanish so`ralgan. Kompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`radi va ishni imkon qadar tezroq yakunlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar