AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ehtiyojmand xotin-qizlardan OTMlarda o`qish uchun tavsiyanomaga arizalar qabuli boshlandi

'O`zbekistonda ehtiyojmand xotin-qizlardan OTMlarda o`qish uchun tavsiyanomaga arizalar qabuli boshlandi'ning rasmi

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMlarga kirishga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Talabgorlardan arizalar 30 maydan 8 iyunga qadar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Respublika oliy ta`lim muassasalariga qo`shimcha davlat granti asosidagi qabul ko`rsatkichlari doirasida oliy ma`lumot olish istagida bo`lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

  • kam ta`minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta`minlangan oila deganda, oilaning har bir a`zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to`lash eng kam miqdorining 0,5 baravaridan ko`p bo`lmagan miqdorda to`g`ri keladigan bir oylik o`rtacha jami daromadga ega bo`lgan oila tushuniladi;
  • to`liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya`ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
  • turmush o`rtog`i vafot etgan, voyaga etmagan farzandini yolg`iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
  • nogironligi bo`lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
  • ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg`iz ayollarning qiz farzandlari;
  • ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo`lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, shuningdek, umumiy o`rta ta`lim (11-sinf negizida) yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini tugatgani haqidagi hujjatga ega bo`lgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi.

    Boshqa yangiliklar