2025 yil 1 sentyabrga qadar barcha maktablarga nazorat kameralari o`rnatilib, biometrik identifikasiya tizimi joriy qilinadi.
Umumiy o`rta ta`lim muassasalari hududining xavfsizligini ta`minlash, o`quvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida «Xavfsiz maktab» tizimi joriy qilinadi. Bu haqda "2022–2026 yillarda xalq ta`limini rivojlantirish bo`yicha milliy dastur"da nazarda tutilgan.
2024 yil 1 yanvariga qadar "Xavfsiz maktab" loyihasi kamida 130 ta umumiy o`rta ta`lim muassasasida joriy etiladi.
2025 yilning 1 senyabrga qadar ushbu loyiha bosqichma-bosqich barcha umumiy o`rta ta`lim muassasalarida joriy etiladi.






