AsosiyJamiyat

Soliq to`lamagan fermerning BYD avtomashinasi xatlandi

'Soliq to`lamagan fermerning BYD avtomashinasi xatlandi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo`limi tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish maqsadida majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

Mana shunday ijro harakatlarining birida davlat byudjeti oldida soliq qarzdorligini o`z vaqtida to`lamagan “ISMAYILOV POLATBEK" fermer xo`jaligining BYD QIN EV STANDART rusumli avtomashinasi bo`lim davlat ijrochisi tomonidan joriy yilning 22-may kuni xatlovga olinib, jarima maydonchasiga qo`yilgan.

Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo`limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor fermer xo`jaligi rahbariga avtotransport vositasi tegishli tartibda baholatilib, kelgusida elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotilishi, sotuvdan tushgan pul mablag`lari davlat byudjetiga o`tkazilishi haqida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Shundan so`ng qarzdor o`ziga tegishli bo`lgan fermer xo`jaligining soliq qarzdorligini to`lig`i bilan to`lagan va avtotransport vositasi egasiga qaytarib berilgan.

    Boshqa yangiliklar