Shavkat Mirziyoev bugun Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqida Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.
Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va mahallalar hayoti bilan tanishish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko`zdan kechirish va yangi ob`ektlarni ishga tushirish ko`zda tutilgan.
Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig`ilish o`tkazilishi rejalashtirilgan.






