O`zbekistonga 2023 yil yanvar-dekabr oylarida 30 ta davlatdan umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib keldi.
Gumanitar yordamning asosiy ulushi (83,63%) quyidagi beshta davlat hissasiga to`g`ri keladi:
⁃ Germaniya (71 mln 379,4 ming dollar yoki jami yordamning 36 foizi);
⁃ Xitoy (27 mln 467,6 ming dollar, 13,9 foiz);
⁃ AQSh (23 mln 234,2 ming dollar, 11,8 foiz);
⁃ Belgiya (22 mln 620,2 ming dollar, 11,4 foiz);
⁃ Shveysariya (20 mln 757,8 ming dollar, 10,5 foiz).
Kirib kelgan gumanitar yordam sohalar kesimida tahlil qilinganda:
⁃ sog`liqni saqlashga (169 mln 233,5 ming dollar);
⁃ ijtimoiy sohaga (1 mln 244,4 ming dollar);
⁃ ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga (943,2 ming dollar);
⁃ ta`limga (247,2 ming dollar) yo`naltirilgan.






