AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 4 oyda 6 329 nafar egizak tug`ilgan

'O`zbekistonda 4 oyda 6 329 nafar egizak tug`ilgan'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasida 2024 yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug`ilgan egizaklar soni 6 329 nafarni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. 

Shundan:

  • o`g`il bolalar – 3 209 nafar;
  • qiz bolalar – 3 120 nafarni tashkil etgan.

 

Ma`lumot uchun, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida FHDYo organlari tomonidan O`zbekiston bo`yicha 137 456 ta tirik tug`ilish holatlari qayd etilgan. Shundan, 71 287 nafari o`g`il bolalar bo`lsa, 66 169 nafar qiz bolalar dunyoga kelgan.

Shuningdek, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug`ilganlar soni 274,5 ming nafarni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar