AsosiyJamiyat

Xorazmda sovuq suv va kanalizasiya uchun to`lovlar oshiriladi

'Xorazmda sovuq suv va kanalizasiya uchun to`lovlar oshiriladi'ning rasmi

16 iyundan Xorazm viloyatida sovuq suv va kanalizasiya xizmatlari tariflari oshiriladi. Bu haqda “O`zsuvta`minot” xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, aholi uchun bir kub metr suv narxi 3500 so`mgacha, tadbirkorlik sub`ektlari uchun esa 8000 so`mgacha ko`tariladi.

Bir kub metr uchun sovuq suv uchun yangi tariflar (QQSsiz):

aholi uchun – 3500 so`m;

byudjet tashkilotlari uchun – 8 000 so`m;

boshqa iste`molchilar uchun – 8 000 so`m.

Bir kub metr uchun kanalizasiya xizmatlari uchun tariflar (QQSsiz):

aholi uchun – 1700 so`m;

byudjet tashkilotlari uchun – 2800 so`m;

boshqa iste`molchilar uchun – 2800 so`m.

Bildirilishicha, keyingi besh yilda Xorazm viloyatida markazlashtirilgan suv ta`minoti bilan qamrov darajasi 52,1 foizdan 90,4 foizga oshgan. Joriy yil oxiriga kelib bu ko`rsatkich 91,2 foizni tashkil etadi.

“Xalqimizga ichimlik suvi etkazib berish va oqova suv xizmati ko`rsatishni yaxshilash bo`yicha qilinayotgan ishlar qatorida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 maydagi №383-son, 2020 yil 14 apreldagi №221-son qarorlariga asosan Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining 150 mln AQSh dollari qiymatida imtiyozli kredit mablag`larini jalb qilish evaziga viloyat aholisini ichimlik suvi bilan ta`minlovchi quvvati 200 ming m3 li asosiy Pitnak ichimlik suvi tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va quvvatini 400 ming m3 ga etkazish (30 mln dollar), ichimlik suvi manbasidan uzoq masofada bo`lgan Gurlan, Yangibozor, Shovot tumanlarini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta`minlash maqsadida Gurlan tumanida quvvati 50 ming m3 lik yangi ichimlik suvi tozalash inshootini qurish; Urganch, Xiva Pitnak kanalizasiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va yangidan qurish, Gurlan tumanida kanalizasiya tizimlarini barpo qilish rejalashtirilganligini ta`kidlash joiz. Bundan tashqari ish haqi, elektr-energiya, soliq to`lovlari, xorijiy kreditlar to`lovi amalga oshirilgan bo`lib, joriy va kapital ta`mirlash, tizimni modernizasiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etiladi", – deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar