AsosiyJamiyat

Yangiyo`l tumanida hokim yordamchisi qo`lga olindi

'Yangiyo`l tumanida hokim yordamchisi qo`lga olindi'ning rasmi

Joriy yil 18 aprel kuni, Shayxontohur tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1984 yilda tug`ilgan shaxs 1986 yilda tug`ilgan fuqarodan 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pullari olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, u Yangiyo`l tumanidagi davlat zaxirasidagi 20 sotix er maydonidan 4 sotixini mansabdor tanishi orqali kelgusida rasmiylashtirib berishini va`da qilib, 20 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan holda oldindan bo`nak (avans) sifatida olgan 5 ming AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Ko`rilgan choralar natijasida uning mansabdor tanishi 1973 yilda tug`ilgan Yangiyo`l tumanida hokim yordamchisi, lavozimida ishlovchi shaxs ekanligi aniqlandi.

Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ikki nafar shaxs JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olindi. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar