Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Unga Buxoroga xorijdan 5 million turist kelishi uchun katta zamin hozirlanmoqda. Lekin, viloyatdagi 30 ta tarixiy yodgorlikka e`tibor sustligi uchun ularga sayyohlar bormayapti.
Shu munosabat bilan Imom al-Buxoriy, Abbos Aliev va Muxtor Ashrafiy obidalariga tutash hududlar, dehqon bozori va ming yillik tarixga ega Buxoro darvozasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, istirohat bog`i va sun`iy ko`lni jozibador turizm majmuasiga aylantirish muhimligi ta`kidlandi.
“Chor Minor” va “Isteza” madrasalari, “Samarqand” va “Darvozai Salloxona” darvozalari, “Masjidi Kalon” kabi ob`ektlarni drenaj tizimini ta`mirlashga 35 milliard so`m ajratiladi.
Buxoro aeroporti turistlar oqimini 2 barobar oshirish rejasi uchun kichiklik qilmoqda. Kecha Buxoro tumanida hozirgidan 3 barobar ko`p quvvatga ega 226 million dollarlik yangi zamonaviy xalqaro aeroport qurilishiga start berildi. Bu erda haftasiga 100 ta reys yo`lga qo`yiladi.






