Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahridagi "Ashxobod" ko`ngilochar bog`ida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, bugun 1 iyun soat 12:00 larda tekinga o`yinchoqlar tarqatilishi haqidagi axborot ortidan, poytaxt aholisi va mehmonlardan iborat juda ko`p fuqarolarning bir vaqtning o`zida bog` atrofida to`planishlari natijasida, unga kirish/chiqish va ayrim ichki yo`nalishlarida tiqilinch vaziyat hamda boqqa olib keluvchi va yaqin avtomobil yo`nalishlarida tirbandliklar yuzaga kelgan.
Hozirda vaziyat to`liq nazoratga olingan bo`lib, tiqilinchlarni va yo`llardagi tirbandliklarni bartaraf etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatda jarohatlanganlar aniqlanmagan, tobi qochganlar haqida ma`lumot kelib tushmagan.
Shuningdek, poytaxtimizdagi jamoat joylarida bayram munosabati bilan tashkil etish rejalashtirilgan turli “Tekinga narsa tarqatish” kabi aksiyalar to`xtatilganini ma`lum qilamiz, — deyiladi xabarda.






