Gulistonda joylashgan omborda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Sirdaryo viloyati FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2024-yilning 1 iyun kuni soat taxminan 21:35 larda Guliston shahar Ma`naviyat maxallasida joylashgan lak-bo`yoq mahsulotlari ishlab chiqarish omborida yong`in kelib chiqqan. Voqea joyiga zaruriy yong`in-qutqaruv avtomobillari va vositalari jalb etilgan.
Sodir bo`lgan yong`indan binoning tom qismi hamda bino hududida bo`lgan ikkita yuk tashuvchi avtomobil qisman zararlangan.
Yong`in-qutqaruv ekipajlari tomonidan yong`in soat 23:35 da to`liq o`chirilgan. Hodisa oqibatida insonlarning halok bo`lish holatlari kuzatilmagan. Yong`in bartaraf etilishi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati tomonidan to`liq nazoratga olingan.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






