AsosiyDunyo

Afg`onistonda qayiq halokati sabab 25 kishi cho`kib ketdi

'Afg`onistonda qayiq halokati sabab 25 kishi cho`kib ketdi'ning rasmi

Afg`oniston sharqidagi Nangarhor viloyatidagi daryoda qayiq ag`darilib, 25 kishi suvga cho`kib ketgan. Bu haqda "Al Jazeera" xabar berdi. 
 

Ular orasida bolalar ham bo`lgani aytilmoqda. Qishloq aholisining so`zlariga ko`ra, 5 nafar yo`lovchi qutqarilgan.

Nangarhor sog`liqni saqlash boshqarmasi bayonotida aytilishicha, hozirgacha beshta jasad topilgan. Hududga tibbiy guruh va tez yordam yuborilib, qolgan yo`lovchilar qidirilmoqda.

Afg`oniston matbuotiga ko`ra, hudud aholisi ko`prik yo`qligi sababli qishloqlar va mahalliy bozorlar o`rtasida oddiy qayiqlardan foydalanishadi. Shu bilan birgalikda Afg`onistonda so`nggi haftalarda yog`ayotgan kuchli yog`ingarchilik tufali yuzlab odamlar halok bo`lishgan.

    Boshqa yangiliklar