AsosiyJamiyat

Xalq puli davlat byudjetiga o`tdimi, u davlatning puliga aylanadi – Salohiddin Nuriev

'Xalq puli davlat byudjetiga o`tdimi, u davlatning puliga aylanadi – Salohiddin Nuriev'ning rasmi

Qashqadaryo adliya boshqarmasi boshlig`i Salohiddin Nurievning matbuot anjumanida bildirgan fikrlari yuzasidan o`rganish ishlari olib borilyapti. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, itimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig`ining matbuot anjumanida bildirgan fikrlari tarqatilmoqda.

Hozirda, mazkur holat Adliya vazirligi tomonidan o`rganilmoqda, o`rganish yakunlari bo`yicha holatga baho beriladi.

Shu bilan birgalikda, davlat organlari o`z faoliyatida xalq oldida hisobdor ekanligi Konstitusiyada belgilab qo`yilganligi, Adliya vazirligi faoliyati, shu jumladan, jamoatchilik oldida qat`iy hisobdorlik prinsipi asosida tashkil etilganligi ma`lum qilindi.

Xususan, Konstitusiyasiga ko`ra, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas`uldirlar.

«Barcha fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari belgilangan tartibda, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkin», — deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar