Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga yana axlat sharlarini uchirdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Janubiy Koreya harbiylari fuqarolardan ob`ektlarga yaqinlashmaslikni va ularning topilgani haqida rasmiylarga xabar berishni so`radi.
Bundan tashqari, Seul va uning atrofidagi aholiga KXDRning osmonda noma`lum jismlar topilgani haqidagi ma`lumotli SMS-xabar kelib tushgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya chegara orqali Janubiy Koreyaga 150 dan ortiq havo sharlarini yuborgandi. To`plar ichida turli xil axlatlar: plastik butilkalar, batareyalar, poyabzal qismlari va go`ng bor edi.
Keyinroq prezident Kim Chen Inning singlisi KXDRning bunday harakatini “xalq uchun so`z erkinligi” va “samimiylik sovg`asi” deb atadi.






