AsosiyDunyo

Ukraina Falastinni davlat sifatida tan oladi

'Ukraina Falastinni davlat sifatida tan oladi'ning rasmi

Ukraina Falastinni davlat sifatida tan oladi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy Singapurdagi anjumanda qayd etgan.

“Ukraina Isroilni ham, Falastinni ham davlat sifatida tan oladi. Bu mojaro tugashi va tinch aholi jabr ko`rmasligi uchun hamma narsani qiladi”, — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy 2023 yil kuzida Isroilni qo`llab-quvvatlovchi bayonotlariga ham aniqlik kiritar ekan, HAMAS terrorchilari tinch aholiga hujum qilsa, Isroil o`zini himoya qilish huquqiga ega ekanligini aytgan. 

Ma`lumot uchun, 1992 yilda Falastin Ukraina mustaqilligini tan olgan, 2001 yilda esa Kievda Falastin konsulligi ochilgan.

    Boshqa yangiliklar