1

Toshkentda ruhiy xasta erkak qo`shni ayolni kaltakladi

Jamiyat 03.06.2024, 12:23
Toshkentda ruhiy xasta erkak qo`shni ayolni kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi ayol kishiga qo`l ko`targani aks etgan video tarqaldi. 

Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, holat joriy yilning 1 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda Yashnobod tumani, Ohangrabo ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uylarning birida sodir bo`lgan. 

1998 yilda tug`ilgan, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro`yxatda turuvchi A.A. qo`shnisi 1986 yilda tug`ilgan N.X. va uning voyaga etmagan farzandlari bilan o`zaro tortishib qolgan. So`ng A.A. fuqaro N.X. ni sochidan sudrab kuch ishlatgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. Fuqaro A.A. ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan. Tekshiruv yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1