Maldiv orollari hukumati Isroil pasporti egalarining mamlakatga kirishini taqiqlovchi qonunga o`zgartirish kiritishga qaror qildi.
Maldiv orollari prezidenti idorasi tomonidan e`lon qilingan bayonotga ko`ra, Vazirlar kengashi Isroil pasporti egalarining orollarga kirishini taqiqlovchi qonunga o`zgartirish kiritgan.
Shuningdek, qonunga kiritilgan o`zgartirishlarni nazorat qilish bo`yicha quyi qo`mita tashkil etish rejalashtirilgan.
Maldiv Prezidenti Mohamed Muizzu BMT agentligi (BAPOR) uchun xayriya yig`ish kampaniyasini boshlashga va bu masala bo`yicha maxsus vakil tayinlagan.
Shuningdek, Falastinni qo`llab-quvvatlash maqsadida "Maldivliklar Falastin bilan birdamlikda" nomli umummilliy miting uyushtirishga tayyorlanmoqda.






