Andijonda Damas va Nexia-3 ishtirokidagi YTHda bir yo`lovchi jarohat oldi. Hodisa yuzasidan Andijon viloyati IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2 iyun kuni Andijon tumanidan Oltinko`l tumaniga qarab harakatlanib ketayotgan 26 yoshli X.J. o`zining Nexia-3 rusumli transport vositasida qayrilib olish joyida qarama-qarshi tomondan kelayotgan Damas rusumli transport vositasini o`tkazib yubormasdan keskin ortga qayrilib yuborgan.
Ushbu YTH oqibatida Damas rusumli transport vositasidagi yo`lovchi N.Z. tan jarohati olib tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Oltinko`l tumani IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.