Iyun oyining birinchi ish haftasi davomida O`zbekiston bo`yicha quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda.
“O`zgidromet” xabariga ko`ra, faqat ayrim tog`oldi va tog`li hududlarda, shuningdek, 4−5 iyun kunlari Farg`ona vodiysi viloyatlari bo`yicha ba`zi joylarda jadalligi kamroq bo`lgan momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.
Ushbu kunlarda respublika hududining katta qismida qulay harorat foni saqlanib turadi, haftaning birinchi yarmida harorat +29...+32 daraja, haftaning ikkinchi yarmida +32...+35 daraja bo`ladi. Faqat janubda va cho`l hududlarda harorat kunduz kunlari +36...+39 darajagacha ko`tariladi.
Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 3−5 iyunda respublika bo`yicha ba`zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o`zgaruvchan bo`ladi. Shamol sharqdan birozdan o`rtacha tezlikkacha esadi. Harorat 3−5 iyunda +30...+33 daraja, 6−7 iyunda +32...+35 daraja bo`ladi. Harorat asosan kechalari +18...+21 darajagacha bo`ladi.






