AsosiyDunyo

Turkiyada fohishalikka majburlangan o`zbekistonlik ayollar qutqarildi

'Turkiyada fohishalikka majburlangan o`zbekistonlik ayollar qutqarildi'ning rasmi

Tekirdag`da fohishalikka majburlangan o`zbekistonlik ayollar qutqarildi. Bu haqda İhlas Haber Ajansı xabar berdi. 

Tekirdag`da Chorlu polisiya boshqarmasi jamoat xavfsizligi bo`limi xodimlari, Shayxsinan tumanidagi xonadonda xorijlik ayollarning fohishalik bilan shug`ullanganini aniqladi.

Prokuratura ruxsati bilan safarbar qilingan guruhlar tomonidan 4 ta alohida yashash manzilida bir vaqtning o`zida reyd o`tkazildi. Ikki turkiyalik I.Ch. va K.G. fohishalikni tashkil etishda ayblanmoqda.

Qo`lga olish chog`ida fohishalikka majburlangan O`zbekiston fuqarosi bo`lgan 9 nafar ayol qutqarib olindi.

DHA bayonotiga ko`ra, ayollar o`z bayonotlarida bolalarga qarash uchun Turkiyaga kelganliklarini, so`ngra Chorluga olib borilib, fohishalikka majburlanganliklarini aytishgan.

Gumonlanuvchilar I.Ch. bilan K.G. “odam savdosi”, “fohishalikka majburlash” va “ozodlikdan mahrum qilish” moddalari bilan ayblanmoqda. 

    Boshqa yangiliklar