Joriy yilning 10 iyun sanasidan boshlab, Toshkent – Cho`lpon-ota (Issiq-ko`l) yo`nalishida mavsumiy avtobus qatnovi boshlanadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Qatnovlar oyning juft kunlarida (kun ora) Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan jo`naydi.
Chipta narxi 300 000 so`m etib belgilangan.
Mazkur yo`nalishda buyurtma qatnovlari ham bajariladi.






