AsosiyJamiyat

Prezident qator davlat kompaniyalarining iqtisodiy faoliyat olib borish bo`yicha eksklyuziv huquqlarini bekor qilish to`g`risidagi farmonga imzo chekdi

'Prezident qator davlat kompaniyalarining iqtisodiy faoliyat olib borish bo`yicha eksklyuziv huquqlarini bekor qilish to`g`risidagi farmonga imzo chekdi'ning rasmi

Prezident qator davlat kompaniyalarining iqtisodiy faoliyat olib borish bo`yicha eksklyuziv huquqlarini bekor qilish to`g`risidagi farmonga imzo chekdi.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoevanig yozishicha, ushbu hujjat erkin bozor yaratish uchun amalga oshirilayotgan choralarning uzviy davomi bo`ldi.

“U mamlakat Rahbariyatining jiddiy va murakkab islohotlar yo`lida shahdam qadam tashlayotganini ko`rsatadi. Farmon qora va rangli metallarni qayta ishlash, kimyo sanoati, telekommunikasiya va energetika kabi qator sohalarda yangi davrni boshlab beradi.

Biz Jahon Savdo Tashkilotining eng asosiy shartlaridan biri – barcha uchun teng va erkin raqobat sharoitini yaratish prinsipiga amal qilgan holda, mamlakatimizning ushbu tashkilotga a`zo bo`lish borasida qarori qat`iy ekanini yana bir bor namoyish qilmoqdamiz”, – deb yozadi Saida Mirziyoeva.

    Boshqa yangiliklar