Bugun, 3 iyun kuni O`zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi tomonidan "KRIPTOVALYuTALAR SAVDOSI JOIZMI?" degan savolga Fatvo markazi javobi e`lon qilindi. Ayni paytda O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi xabar bo`yicha tuzatish berib uzr so`rab chiqdi.
Ma`lum qilinishicha, javob loyihasi texnik sabablarga ko`ra, ehtiyotsizlik oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan.
“Fatvo markazi direktori Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va u kishining o`rinbosarlari muborak haj safarida ekani, mazkur fatvo loyihasi atrofidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hali nihoyasiga etmagani va shuningdek, zamonaviy masalalarni keng qamrovli o`rganish ishlari olib borilayotganini bildiramiz.
Siz azizlardan uzr so`ragan holda ushbu fatvo ustidagi ilmiy tadqiqotlarni nihoyasiga etkazib, qayta e`tiboringizga havola qilinishini ma`lum qilamiz“, - deyiladi O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi xabarida.