AsosiyJamiyat

“Buxoro tajribasi” – sadoqat namunasi” ekanligini ko`rsataylik!

'“Buxoro tajribasi” – sadoqat namunasi” ekanligini ko`rsataylik!'ning rasmi

Buxoro viloyatining xalq deputatlari, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari, tadbirkorlar hamda agroklaster egalarining viloyat aholisiga MUROJAATI

Aziz buxoroliklar!

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning kuni kecha viloyatimizga tashriflari chog`ida belgilab berilgan ustuvor vazifalar qadim Buxoroning yaqin istiqboldagi rivojlanish strategiyalarini o`zida mujassam etadi. 

Xususan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha o`tkazilgan yig`ilishda Davlatimiz rahbari viloyatimizni kambag`allik, ishsizlik va jinoyatdan xoli hududga aylantirish hamda boshqa bir qator muhim sohalarda “Buxorotajribasi” ni yaratishni ustuvor vazifa sifatida belgilab berdilar. 

Darhaqiqat, qadim Sharq dunyosining ma`naviy o`choqlaridan biri bo`lgan Buxoroi sharif azaldan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy, ma`naviyat va ma`rifat sohalarida hamisha peshqadam o`rinlarni egallab, o`zining ilg`or tajribalari bilan butun dunyoga namuna bo`lib kelgan. Bu esa sharifkent aholisi uchun ham sharaf, ham mas`uliyat hisoblangan.

Shu nuqtai-nazardan, hurmatli Prezidentimiz belgilab bergan sohalar bo`yicha “Buxoro tajribasi”ni yaratish–sadoqat namunasi” ekanligini amalda ta`minlashda nafaqat mas`ul rahbarlar, balki barcha buxoroliklar bir yoqadan bosh chiqarib fidoyilik va faollik ko`rsatish iinsoniy burchimizdir.

Qadrli vatandoshlar!

Raqamlarga murojaat etadigan bo`lsak, viloyatda rasman 55,5 mingnafar fuqaro ishsiz deb qayd etilgan bo`lsa, bu oyda yana 21,5 ming bitiruvchilar mehnat bozoriga kirib keladi. 

2024 yil boshida hududimizdagi 238 ming aholining daromadi past bo`lib, kambag`allik darajasi 11,8 foizni tashkil etgan. 

Xususan, yil boshida 54 mingdan ziyod kambag`al oila ro`yxatga olingan bo`lib, shu davrga qadar amalgaoshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida ularning 26 mingga yaqinini kambag`allik darajasidan chiqarishga erishildi.

Bu borada qolgan  30 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarni ham kambag`allikdan chiqarish viloyatimizni kambag`allikdan xoli hududga aylantirishga xizmat qilishi barchamizga ma`lum.

Binobarin, aholi bandligini ta`minlash, kambag`al oilalarni qo`llab-quvvatlash uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etish, shuningdek mutasaddi tashkilotlar, “mahalla ettiliklari”, bank tizimi xodimlari, tadbirkor va fermerlar, bir so`z bilan aytganda“jonajon Vatanimizning rivojiga hissa qo`shaman”, degan har bir yurtdoshimizning oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 

Negaki, kishi qachon mehnatga band bo`lib, barqaror ish faoliyati bilan shug`ullansa, oilasi farovon bo`lsa, o`shanda o`ziga nisbatan ishonchi ortadi, davlatimizning taraqqiy etishiga umid bilan qaraydi, jamiyatimizdagi kechayotgan jarayonlarga, keng ko`lamli islohotlarga daxldorlik hissini tuyadi.

Qolaversa, bandligi ortidan kelgan daromadiga oilasini boqadi, turmushi farovon bo`ladi, orzu-havaslariga erishadi.

Bu borada viloyatda 209 395 ta yangi ish o`rinlarini yaratish bo`yicha ishlab chiqilgan va xalq deputatlari viloyat, tuman va shaharlar kengashlari sessiyalarida tasdiqlangan rejalarning ijrosini ta`minlash dolzarb ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, viloyatimizdagi 544 ta mahallaning drayveridan kelib chiqib, shakllantirilgan 1300 ga yaqin loyihalarni ishga tushirish, ishlatilmasdan turgan 3,2 mln. gektar ermaydonidan samarali foydalanishni ta`minlash, ip-kalavani qayta ishlashni 57 foizdan 85 foizga olib chiqish, eksportni hozirgi 140 mln.dan 570 mln. dollarga oshirish ustuvor vazifamizdir.

O`ylaymizki, hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari asosida aholi daromadlarini oshirish bo`yicha yaratilgan “Sayxunobod tajribasi”, “Uychi tajribasi”ni joriy etishda bandlik va bank tizimi xodimlari, har bir mahallaning “ettiligi”, tadbirkorlar, agroklasterlar rahbarlari va fermerlar jonbozlik ko`rsatadilar.

Hurmatli mahalla faollari va jamoatchilik vakillari! 

Yil boshida viloyatimizda doimiy yashash manzillaridan 103 ming 800 nafarga yaqin yurtdoshimiz uzoq muddatga xorijiy davlatlarga ketgan bo`lib, sizlarning sektorlar rahbarlari, prokuratura va ichki ishlar idoralari xodimlari hamda kasaba uyushmalari bilan yaqin hamkorlikda olib borilgan keng ko`lamli targ`ibot ishlaringiz natijasida ularning 25 mingdan ortig`i o`z oilalari bag`riga qaytib kelishdi.

Bu borada sektorlar rahbarlari, 544 ta mahallaning har biridagi “ettilik” tomonidan tashqi migrasiyada yurgan vatandoshlarimiz bilan doimiy tarzda onlayn muloqotlar o`tkazib borilmoqda hamda qaytib kelgan fuqarolarning bandligi ta`minlanmoqda.

Qadrli deputatlar, mahalla faollari, nuroniylar!

Xalqimizning “Bolaning begonasi bo`lmaydi!”, “Bir bolaga etti mahalla ham ota, ham ona” kabi pur mano maqollari va da`vatlarni amaliy harakatga aylantirishimiz kerak.

Ayni paytda, aziz dilbandlarimizning kamoloti, ularning yaxshi o`qib, xalqqa nafi etadigan kasb-hunarlarning egalari bo`lib voyaga etishlari har bir ota-ona, mahalla va butun jamiyatimiz uchun oliy maqsadlardan biri ekanligini yaxshi tushunamiz.

Bu borada hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan ilk marotaba joriy yildan boshlab viloyatimizda 548 ta umumta`lim maktablarining yuqori sinf o`quvchilariga darsdan so`ng korxona va tashkilotlarda kasb-hunarni o`rganish hamda oylik ishhaqi evaziga ishlash amaliyoti joriy etiladi.

Bu esa “Buxoro tajribasi” bo`ladi, albatta.

Binobarin, har bir o`quvchining o`qish davridayoq mustaqil ravishda o`zi qiziqqan kasb-hunarning haqiqiy egasi bo`lishini ta`minlashga ko`maklashish har birimizning insoniy  burchimizdir.

Shundagina, bola maktab ostonasidan o`ziga ishonch bilan mustaqil hayotga qadam qo`yadi, o`zi shug`ullanadigan kasbi-hunari va kafolatlangan ish joyi mavjud bo`ladi.

Eng muhimi, yoshlarimizni barqarorish o`rinlari bilan band qilsak, ular ongida turli buzg`unchi g`oyalarga joy qolmaydi, jamiyatimizning ijtimoiy faol a`zosiga aylanadi. 

Barchamizga ma`lumki, harqanday jinoyat, zo`ravonlik – bu adolatning buzilishi, haqiqatning sinishiga olib keladi.

Joriy yilning o`tgan davri mobaynida viloyatimizdagi 544 ta mahallaning 183 tasida jinoyat sodir etilganligi, 41 tasida esa jinoyat oshganligi barchamizni chuqur tashvishgasolishi, tabiiy.

Jinoyatchilikning asl ildizi ko`p hollarda bekorchilikdan kelib chiqadi.

Agar barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsak hamda “Mening mahallam, mening ko`cham tinch aa toza, jinoyatchilikdan xoli mahalla, ko`cha!”, “Men mahallamga befarq emasman!”degan ezgu g`oyalarni amalda tatbiq qilsak, shundagina viloyatimizni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishga erishamiz.

Aziz buxoroliklar!

Barchangizni jonajon Buxoromizning gullab-yashnashiga hissa qo`shishni majburiyatemas, avloddan-avlodga o`tib kelayotgan qadriyat sifatida qabul qilishga chaqiramiz! 

Qolaversa, yurtimizda ulkan yangilanishlar va bunyodkorliklar shiddati kechayotgan ushbu damlarda har birimiz o`z xonadonimizni, mahallamizni obod qilishimiz nafaqat qut-baraka, balki farzandlarimiz va nevaralarining dunyoqarashi, ma`naviyati va ma`rifatiga ijobiy ta`sir qilishini unutmaylik!

Har birimiz muqaddas va sharif maskanda istiqomat qilish mas`uliyatini chuqur his qilgan holda, “Buxoro tajribasi”–sadoqat namunasi” tamoyilini ezgu maqsad sifatida amalda namoyon etaylik!

Shundagina ko`zlangan oliy maqsadga–YangiO`zbekistonimiz, Yangi Buxoromizning taraqqiy topishi va gullab yashnashiga erishamiz. 

Aslo unutmang, sizning hissangiz–bu oilangiz, mahallangiz va butun viloyatimiz aholisining farovonligi uchun xizmat qiladi. 

 

    Boshqa yangiliklar