AsosiyJamiyat

O`zbekistonda tirik insonlar sharafiga haykal o`rnatilmaydi

'O`zbekistonda tirik insonlar sharafiga haykal o`rnatilmaydi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni o`rnatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o`rnatish bo`yicha hukumat ekspert komissiyasi tuzilmoqda. 

O`zbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni o`rnatish va olib tashlash (ko`chirish) tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan o`rnatiladi.

Davlat va jamoat tashkilotlarining mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni o`rnatish to`g`risidagi takliflari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga kiritiladi hamda O`zbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan holda qaror qabul qilinadi.

Monumental yodgorliklarni o`rnatishdan oldin tegishli sohadagi NNT va mehnat jamoalari bilan maslahatlashuvlar o`tkaziladi.

Monumental yodgorliklarning loyihalarini ko`rib chiqish va xulosa berish uchun O`zbekiston Badiiy akademiyasi huzurida badiiy ekspertlar kengashi tuziladi.

O`zbekiston hududida shaxslarning hayot vaqtida xotirasini abadiylashtirishga va ularning sharafiga monumental yodgorliklar o`rnatishga yo`l qo`yilmaydi.

Monumental yodgorliklarni yaratish va o`rnatish ishlarini moliyalashtirish manbalari Vazirlar Mahkamasi yoki Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarorlari bilan belgilanadi.

 

    Boshqa yangiliklar