AsosiyJamiyat

2 nafar voyaga etmagan farzandi bo`lgan mahkumaga berilgan jazo uy qamog`iga almashtirildi

'2 nafar voyaga etmagan farzandi bo`lgan mahkumaga berilgan jazo uy qamog`iga almashtirildi'ning rasmi

2 nafar voyaga etmagan farzandi bo`lgan mahkumaga berilgan jazo uy qamog`iga almashtirildi. Bu haqda Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakil (ombudsman) Matbuot xizmati xabar qildi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakil (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili A. Xuseynova 4-sonli tergov hibsxonasiga amalga oshirgan monitoring tashrifida ushbu muassasada saqlanayotgan ayol murojaati yakka tartibda qabul qilingan edi.

Suhbat jarayonida ayol voyaga etmagan ikki nafar farzandi qarovsiz qolganligi, ko`rsatilgan moddiy zarar uning otasi tomonidan qoplanganligi, yaqinda apellyasiya sudi bo`lishini aytib, mintaqaviy vakildan qonun doirasida yordam berishni va sud majlisida ishtirok etishini so`rab murojaat qilgan.

A.O.ning arizasiga binoan Ombudsman mintaqaviy vakili sud jarayonlarida ishtirok etdi. Sud hay`ati tomonidan Mintaqaviy vakilning iltimosnomasi inobatga olinib, ayolning ozodlikdan mahrum etish jazosini ozodlikni cheklash jazosiga almashtirdi, sud zalida qamoqdan ozod etildi, jazoning qolgan qismini uy qamog`iga almashtirishga qaror qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar