AsosiyJamiyat

Advokatura sohasiga kirish yanada engillashdi

'Advokatura sohasiga kirish yanada engillashdi'ning rasmi

Advokatura sohasiga kirish yanada engillashdi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Avvallari advokatlik tuzilmalarida stajirovka o`tash uchun 6 tadan ortiq (ba`zida bundan ham ko`p) hujjatlar taqdim etilishi, shuningdek, stajirovka o`tash davomida reja tasdiqlatish, referat tayyorlash va uni himoya qilish, ish bo`yicha nutq yozish, yozma hisobotlar tayyorlash talab etilar edi.

Bu esa, ortiqcha vaqt sarflanishiga va ovoragarchilikka sabab bo`lardi.

Bundan tashqari, stajyorning o`rindoshlik asosida ishlashi ham mumkin emas edi.

Zamonaviy advokaturani joriy etish va advokatlik tuzilmasi xodimlari faoliyatini tashkil etishni engillashtirish maqsadida Adliya vaziri buyrug`i bilan Advokat stajyori va advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom yangidan tasdiqlandi.

Endilikda, stajyor tomonidan stajirovka o`tash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar qariyb 2 baravarga kamaytirildi (qat`iy 4 ta hujjat talab qilinishi belgilanmoqda).

Stajirovka davrida esa, reja tasdiqlatish, referat tayyorlash, uni himoya qilish, ish bo`yicha nutq yozish, yozma hisobotlar tayyorlash kabi byurokratik to`siqlar bekor qilindi (stajirovka amaliy ko`nikmalarga yo`naltiriladi).

Shu bilan birga, quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etilmoqda:

- stajyor va yordamchiga sud yoki tergov organlarini ruxsati asosida advokat bilan birgalikda sudda yoki tergov organlarida ishtirok etish huquqi berildi;

- stajyorlarga o`rindoshlik asosida stajirovka o`tashga ruxsat berildi;

- stajyorga rahbar bo`lgan advokat lisenziyasining amal qilishi to`xtatib turilgan yoki tugatilganda stajyor stajirovkani boshqa advokatlik tuzilmasida davom ettirishi mumkinligi belgilandi;

- advokat stajyori va advokat yordamchisining faoliyati yuzasidan ikkita idoraviy normativ-huquqiy hujjat unifikasiya qilindi.

    Boshqa yangiliklar