AsosiyDunyo

Meksikada ayol prezidentning g`alabasidan keyin ayol mer otib tashlandi

'Meksikada ayol prezidentning g`alabasidan keyin ayol mer otib tashlandi'ning rasmi

Meksikaning Michoakan shtatidagi Kotija munisipaliteti rahbari Yolanda Sanches Figueroa yo`lda otib o`ldirildi, deb xabar bermoqda VVC.

Qotillik Meksikaning birinchi ayol prezidenti Klaudiya Sheynbaum saylovda g`alaba qozonganidan bir kun o`tib sodir bo`ldi. Nashrning aniqlik kiritishicha, Meksika "gender asosidagi zo`ravonlik keng tarqalgan" mamlakatdir. Michoakan hukumati merning o`ldirilishini qoraladi

Sanches 2021 yilda munisipalitet rahbari lavozimiga saylangan. Rasmiylar qotillik tafsilotlarini oshkor qilmadi, ammo qotilni qo`lga olish uchun operasiya boshlangan.

30 may kuni Meksikaning Gerrero shtatidagi Koyuka de Benites shahri merligiga o`ng markazchi “Kuch va Meksika uchun yurak” alyansidan nomzod Xose Alfredo Kabrera Barrientos saylovchilar bilan so`nggi saylovoldi tashviqoti uchrashuvida otib o`ldirildi. Noma`lum shaxs basketbol maydonida siyosatchiga orqadan yaqinlashib, boshiga o`q uzgan.

Bu shtatda saylovoldi tashviqoti chog`ida besh nafar merlikka va bir nafar deputatlikka nomzod o`ldirilgan.

    Boshqa yangiliklar