AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda havo harorati +38°gacha isiydi

'Bugun O`zbekistonda havo harorati +38°gacha isiydi'ning rasmi

"O`zgidromet" markazi bugun - 5 iyun kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 31-33° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° bo`ladi.

TOShKENT, SIRDARYo, JIZZAX, SAMARQAND VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21°, kunduzi 29-34° bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYoVILOYaTLARI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 28-33° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 17-22° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar